Chevrolet Volt gibridi «Yilning ‘yashil’ avtomobili» deb topildi

  • 23 noyabr 2015, 12:45
  • 6 015
  • Avto
  • Los-Anjelesdagi (AQSh) motorshouda «Yilning ‘yashil’ avtomobili» mukofoti g‘olibi e’lon qilindi. Bu yil Chevrolet Volt gibridi bunga loyiq ko‘rildi. U o‘z tarixida ikkinchi bor mazkur tanlovda oliy o‘rinni egallamoqda: ilk bor model 2010 yilda mukofotni qo‘lga kiritgandi, deya xabar beradi Motor.

    Chevrolet Volt gibridi «Yilning ‘yashil’ avtomobili» deb topildi

    Green Car Journal nashri tomonidan o‘tkaziladigan tanlov hay’ati «Volt»ni o‘tmishdoshiga nisbatan 1,5 barobar ko‘paygan elektr yordamida yurish zaxirasi, yangi gibridli kuch qurilmasi va dizayniga munosib baho berdi. Audi A3 e-tron, Honda Civic, Hyundai Sonata va Toyota Prius tanlovning boshqa finalchilari bo‘ldi.

    Yangi avlodga mansub Chevrolet Volt shu yil yanvarida debyut qildi. Model 1,5 litrli benzin dvigateli asosidagi kuch qurilmasi, 2 ta elektr motori va 18,4 kilovatt-soat sig‘imga ega litiy-ionli batareyalar komplektiga ega. Elektr kuchi bilan yurish zaxirasi 85 kilometrni tashkil etadi.

    «Volt»ga qadar BMW i3 elektr mashinasi, Honda Accord PHEV gibrid sedani, benzin va elektrda yuradigan Ford Fusion hamda gazda harakatlanadigan Honda Civic «Yilning ‘yashil’ avtomobillari» deb topilgandi.


    Manba: Daryo.uz

    » » Chevrolet Volt gibridi «Yilning ‘yashil’ avtomobili» deb topildi