01:00 / 23.03.2018
6 031

Toshkentda svetoforning qizil chirog‘ida o‘ngga burilishga qachon ruxsat beriladi?

Toshkentda svetoforning qizil chirog‘ida o‘ngga burilishga qachon ruxsat beriladi?
Toshkent shahrida chorrahalarda svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida o‘ngga harakatlanishga ruxsat berish bo‘yicha tajribalar davom ettirilmoqda. Ayni tajriba yakunlanib, o‘zining ijobiy samarasini berganidan so‘ng, qizil chiroqda boshqa harakat qatnashchilariga yo‘l bergan holda o‘ngga burilishga ruxsat beriladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Ma’ruf Hamroyev KUN.UZga ma’lum qildi.

“Tajriba tariqasida davom ettirilmoqda. Hozirda, Nurafshon ko‘chasi bilan kesishgan 2 chorrahada ham qizil chiroqda o‘ngga harakatlanishga ruxsat berilgan. Bundan avval, bunday ishora faqat Sariko‘l chorrahasiga qo‘yilgan edi. Bu ijobiy natijasini bersa, qolgan chorrahalarda ham bunga ruxsat etiladi. Bularning barchasi, fuqarolarga va haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qilinmoqda”, dedi Ma’ruf Hamroyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkentda svetoforning qizil chirog‘ida o‘ngga burilishga qachon ruxsat beriladi?