16:30 / 23.03.2018
8 033

Sergeli mashina bozori qayerga ko‘chadi?

Sergeli mashina bozori qayerga ko‘chadi?
Shu kunlarda Toshkentdagi Sergeli mashina bozori Toshkent viloyatiga ko‘chirilayotgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi. Bunga oydinlik kiritish uchun O‘zA Toshkent shahar hokimiyatining axborot xizmati bilan bog‘landi.

— Haqiqatan, Sergelidagi mashina bozori Toshkent viloyatining Chinoz tumaniga ko‘chirilishi rejalashtirilgan. Biroq Chinoz tumanida bozorga aylantirilishi kerak bo‘lgan hudud talabga javob bermagani bois, bozorni ko‘chirish qoldirildi. Chinoz tumanida mashina bozori uchun mo‘ljallangan hududni tartibga keltirish lozim. Bu esa o‘z o‘rnida vaqt talab etadi. Ayni damda bozor Chinoz tumaniga qachon o‘tkazilishi ma’lum emas, — deydi axborot xizmati vakili.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Sergeli tumanida keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu loyihalar aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish va fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadlarini ko‘zlagan. Tuman hududida joylashgan avtomobil bozori ortiqcha tirbandliklarga sabab bo‘lib, aholiga qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.

Shu maqsadda hukumat mazkur bozorni Toshkent viloyati hududiga ko‘chirish bo‘yicha takliflarini bergan. Mazkur takliflar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 10 iyul kuni Sergeli tumaniga tashrifi doirasida muhokama qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Sergeli mashina bozori qayerga ko‘chadi?