23:43 / 27.03.2018
16 044

Import avtomobilni bojxonadan o‘tkazish qanchaga tushadi?

Import avtomobilni bojxonadan o‘tkazish qanchaga tushadi?
Xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni O‘zbekistonga olib kirishda bojxonadan o‘tkazish qiymati eng ko‘p muhokama qilinadigan mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda. Norma shaxsiy foydalanish uchun xorijiy rusumdagi mashinani olib kirish jismoniy shaxsga qanchaga tushishi haqida ma’lumot berdi.

Avtotransport vositasini bojxonadan o‘tkazishda avtomobilning texnik pasporti, oldi-sotdi shartnomasi va ST-1 kelib chiqish sertifikati kerak bo‘ladi.

Bojxona yig‘imi va qo‘shilgan qiymat solig‘ini hamma to‘lashi majburiy.

Bojxona yig‘imlari miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 apreldagi «Bojxona yig‘imlari stavkalari to‘g‘risida»gi 204-son qarori bilan belgilangan. Import qilinayotgan avtomobilni rasmiylashtirish uchun ham yig‘im bojxona qiymatining 0,2%ini tashkil etadi, biroq 25 AQSh dollaridan kam va 3 000 AQSh dollaridan ko‘p emas. Avtomobilning bojxona qiymati oldi-sotdi shartnomasida (schyot-ma’lumotnomada) ko‘rsatilgan summa yoki narxlar xalqaro katalogi bo‘yicha aniqlanadi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i 2017 yil 29 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ–3454-son qarorda belgilangan va 20%ni tashkil etadi. QQS avtomobil qiymati, bojxona boji va aksiz solig‘i summasidan hisoblab chiqariladi.

Import bojxona bojlari va aksiz solig‘i stavkalari Prezidentning 2017 yil 29 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–3303-son qarorida belgilangan. Quyida sig‘imi 10 kishigacha bo‘lgan yengil avtomobillar uchun stavkalar keltirib o‘tiladi.

Qozog‘iston, Rossiya va Ukrainada ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun ST-1 kelib chiqish sertifikati taqdim etilganda imtiyozlar amal qiladi. Bunday avtomobillarni olib kirishda bojxona bojlari belgilanmagan, aksiz solig‘i esa, agar avtomobilning yoshi uch yildan oshmagan bo‘lsa, avtomobil qiymatining 2%ini tashkil etadi. Agar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi 50%dan ortiq bo‘lsa va to‘liq sikl bo‘yicha yig‘ilsa, ST-1 sertifikati ishlab chiqaruvchi zavod yoki eksportchi mamlakatning Savdo-sanoat palatasi tomonidan beriladi.

Bundan tashqari, avtomobil erkin savdo zonasi to‘g‘risida shartnoma tuzilgan mamlakatda ishlab chiqarilgan, avtomobilning kelib chiqishi esa ST-1 sertifikati bilan tasdiqlansa, bojxona boji undirilmaydi. O‘zbekiston Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Ukraina bilan ana shunday shartnoma imzolagan.

Boshqa avtomobillarga import bojxona bojlari stavkalari dvigatelning texnik tavsiflari va mashinaning yangiligiga bog‘liq. Bu boradagi batafsil ma’lumot bilan quyidagi havolada tanishish mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Import avtomobilni bojxonadan o‘tkazish qanchaga tushadi?