13:55 / 13.04.2018
5 274

Morjaretto: "O‘zbekiston hozircha yengil avtomobillarga bo‘lgan ichki talabni qoplay olmaydi"

Моржаретто: "Ўзбекистон ҳозирча енгил автомобилларга бўлган ички талабни қоплай олмайди"
O‘zbekiston yengil avtomobillar ishlab chiqarishni 44,7%ga oshirdi va yuk mashinalari ishlab chiqarilishini deyarli shuncha miqdorga qisqartirdi. Bu ko‘rsatkichlar nimaga bog‘liqligi haqida avtomobillar bo‘yicha ekspert Igor Morjaretto fikr bildirdi.

Suhbatdoshga ko‘ra, o‘zbek avtoishlabchiqaruvchilari strategiyasining hech qanday hayratlanarli jihati yo‘q, nega deganda GM O‘zbekiston ushbu holatda bozor talablariga qarab mo‘ljal oladi.
"Mamlakatda yengil avtomobillarga bo‘lgan talab o‘ta katta, u yerda odamlar mashina olish uchun ba’zan yillab navbatda turadilar. Ishlab chiqarilgan mashinalarning kattagina qismi valyuta evaziga boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi, ichki talabni qondirish uchun zavod hozircha quvvatni oshira olmaydi. Yuk mashinalari bilan bog‘liq vaziyat esa aksincha — ular asosan ichki bozor uchun ishlab chiqariladi va defitsit emas", — deya izoh berdi ekspert.

Morjarettoning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda boshqa brenddagi avtomobillarning yo‘qligi avtomobil bozori bilan bog‘liq vaziyatni yanada murakkablashtiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Morjaretto: "O‘zbekiston hozircha yengil avtomobillarga bo‘lgan ichki talabni qoplay olmaydi"