12:04 / 16.04.2018
14 557

Dunyodagi eng hashamatli 9 ta limuzin (foto)

Dunyodagi eng hashamatli 9 ta limuzin (foto)
TravelAsk dunyodagi eng qimmatbaho limuzinlar haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi, deb ma’lum qiladi Daryo nashri.

22 metrli Eldorado limuzini 1982 yilda ishlab chiqarilgan. Uning ichida barcha qulayliklar, hatto SPA-salon ham mavjud. Biroq u muyulishlarda qayrila olmagani uchun, avtomobildan faqat ko‘rgazmalarda foydalaniladi.

Foto: TravelAsk

Jet-limuzin
Narxi:
1 million dollar
16 metrli transport vositasi o‘zida Mercedes va Boeing’ni jamlagan. U ichiga 50 kishini sig‘dira oladi.

Foto: TravelAsk

Mini Cooper limuzini
Narxi:
1,35 million dollar
Qozog‘istonlik taniqli shaxsga tegishli ushbu limuzin oynalari oltin bilan qoplagan, salon Swarovski toshlari va san’at asarlari bilan bezatilgan.

Foto: TravelAsk

Ultra Kustom Coach
Narxi:
1,8 million dollar
Ultra Kustom Coach’ning uzunligi 21 metr, u 1996 yilda Kaliforniyada yaratilgan.

Foto: TravelAsk

Diskotekaga mo‘ljallangan limuzin
Narxi:
2,5 million dollar
Ushbu avtomobil kecha va bazmlarga mo‘ljallangan va 40 kishiga xizmat ko‘rsata oladi.
Limuzin 22 tonna og‘irlikka ega. U dunyodagi eng og‘ir limuzin sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Foto: TravelAsk

«Kadillak-1»
Narxi:
3 million dollar
Ushbu avtomobilda bemalol urushga borsa bo‘ladi. U ko‘zdan yosh oqizuvchi granata otadigan jihozlarga, xususan pulemyotga ega. Limuzinda AQSh prezidentlari harakatlanadi. Unda har ehtimolga qarshi Trampning qoni saqlanadi.

Foto: TravelAsk

Amerika orzusi
Narxi:
4 million dollar
30 metrli avtomobil dunyodagi eng uzun limuzin hisoblanadi. Unda jakuzi, basseyn, karavot va vertolyot maydonchasi bor.

Foto: TravelAsk

Betmobil
Narxi:
4,2 million dollar
Avtomobilni betmen va hashamatli avtomobillar ishqibozi yaratgan.

Foto: TravelAsk

Bruney sultonining «Rolls-Roys»i
Narxi:
14 million dollar
Ushbu limuzin Bruney sultoni Xassanal Bolkiaxning buyurtmasiga binoan ishlab chiqarilgan.

Foto: TravelAsk

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Dunyodagi eng hashamatli 9 ta limuzin (foto)