Saytimizda ilgari xabar berilgan “Kortej” loyihasining qahramoni 7 may kuni ko‘rinish berdi, deb yozadi Karzone nashri.
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin inauguratsiya marosimiga to‘qqizta mototsikl hamrohligida yangi limuzinda kirib keldi. “Aurus” nomli bu avtomobil indeksi YeMP-41231SB bo‘lib, YeMP – “yagona modul platformasi” ma’nosini anglatadi.
“Aurus” uzunligi 6840 mm, u dunyo prezidentlarining avtomobillari orasida eng uzunidir. Ammo uning ichiga nazar sololmaymiz, chunki birorta fotosurati yoki videoroligi yo‘q. Shuningdek, texnik tafsilotlari ham aytilmadi.
Aurus nomi qanday ma’noni bildiradi? Ma’lum bo‘lishicha, Aurum lotincha “oltin” degani, “rus” esa Rossiyaga tegishliligini anglatadi. Uning dizayni “Rolls-Roys”nikidan ilhomlanib yaratilgan.
“Aurus”ni gibrid deb hisoblash mumkin. Dvigateli va transmissiyasi orasiga o‘rnatilgan kuchli elektromotor starter va generator vazifasini bajaradi, zaruriyat tug‘ilganda mashinani elektr quvvatida harakatlantiradi.
“Aurus”ning tubi yerdan 220 mm baland bo‘lgani uchun deyarli krossover, deb atasak ham bo‘ladi.
Uning nomidagi “rus” qo‘shimchasi bejizga emas: 600 ot kuchiga ega dvigateli ham, 9 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi ham Rossiyada tayyorlangan (ta’kidlab o‘tamiz texnik tavsiflari to‘liq ishonchli emas).
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring