«Tesla» kompaniyasi rahbari Elon Mask yangi «Model 3» elektromobilining ayrim texnik tavsiflari haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Mask o‘zining «Twitter»dagi sahifasiga yozib qoldirgan, deb yozadi «Xabar» nashri.
Muhandislarning ma’lum qilishicha, ikkita dvigatel avtomobilning old qismiga joylashtiriladi. Ulardan biri quvvat uchun, ikkinchisi — aylanishlar diazpazoni uchun. Avtomobil dvigatellardan biri ishdan chiqqan taqdirda ham normal harakatni davom ettiraveradi.
«Bu favqulodda holatlarda qolib ketmasdan, o‘z manzilingizga yetib olishda yordam beradi», — deb ta’kidlaydi Mask.
Elektromobil soatiga 250 kilometr tezlikda harakatlana oladi. 100 km/soat tezlikka esa 3,5 soniyada chiqadi. Batareyalarining bir martalik quvvati 500 kilometrga yetadi.
Avtopilot boshqaruvisiz yangi «Tesla Model 3» 78 ming dollar turadi.
«Model xuddi «BMW M3» kabi, biroq undan 15 foizga tezroq hamda uni boshqarish oson», — deb yozadi Mask. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi