08:57 / 26.05.2018
5 185

Endi avtomobillar tezlik oshishini nazorat qiladigan tizim bilan jihozlanadi

Endi avtomobillar tezlik oshishini nazorat qiladigan tizim bilan jihozlanadi
Foto: Sputnik
O‘zbekiston hukumati mahalliy avtomobillarni haydovchilar tomonidan ruxsat berilgan tezlik oshirilganda ishlab ketadigan maxsus signal tizimi bilan jihozlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi «Podrobno.uz»ga tayanib Daryo nashri.

Avtomobil salonlarida yo‘l harakati qoidalarida ko‘zda tutilgan buyumlar (o‘t o‘chirgich, tibbiy aptechka, avariya belgisi, nur qaytaruvchi nimcha) sotilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, o‘zbek avtomobillarini mutasaddi tashkilotlarni favqulodda va avariya vaziyatlarida avtomatik tarzda ogohlantiruvchi SOS tizimi bilan jihozlash ko‘zda tutilmoqda.

Bu va boshqa takliflar umumlashtirilishi hamda 2019 yil dekabrigacha tayyorlanishi rejalashtirilgan hukumat qarori loyihasiga kiritilishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Endi avtomobillar tezlik oshishini nazorat qiladigan tizim bilan jihozlanadi