Foto: “Gazeta.uz”
“O‘zavtosanoat” O‘zbekistonda elektromobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqmoqda», deya xabar qildi kompaniya boshqaruv raisi Umidjon Salimov payshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. , — dedi u.
“Gazeta.uz”ning yozishicha, “O‘zavtosanoat” rahbari elektromobillarni “Bu avtomobilsozlik kelajagi”, deb atagan.
“Biz Toshkentdagi Turin universiteti qoshidagi Innovatsiya markazida elektromobillarni ishlab chiqarishni joriy etish va tashkil qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus guruh tashkil qildik. Buni biz qilamiz”, — dedi “O‘zavtosanoat” rahbari.
“Bu biz uchun yangi yo‘nalish va biz hozirda elektromobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha konsepsiyani ishlab chiqmoqdamiz”. Hujjat ikki oy davomida tayyor bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, elektromobillar ishlab chiqaruvchi potensial hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda, dedi Umidjon Salimov.
U shu yozda Toshkentga test sinovlarini o‘tkazish uchun ikki dona elektromobil namunasi — “Chevrolet Bolt” va Xitoyning “JAC” modeli olib kelinishini ma’lum qildi. Ular butun O‘zbekiston bo‘ylab — Andijondan Qoraqalpog‘istongacha yurib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi”