07:30 / 01.06.2018
6 744

Endi O‘zbekistonda avtomobillar “shapka” va navbatsiz beriladigan bo‘ladi

Endi O‘zbekistonda avtomobillar “shapka” va navbatsiz beriladigan bo‘ladi
O‘zbekistonda avtomobillarni sotish tizimi o‘zgartiriladi, u mijozlarga avtomobilni sotib olish kunida olishga imkon beradi, deya ma’lum qildi “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Umidjon Salimov.

“Savdo siyosati - eng muhim ustuvor vazifa. Bizning maqsadimiz nima: mijoz keladi, mashina uchun pul to‘laydi va uni darhol olib ketadi. Bu birinchi navbatda ta’minlashimiz kerak bo‘lgan narsa. Agar odam pulining 85 foizini to‘lasa, mashina zavodniki emas, balki uning o‘zinikidir. Bizning ustuvor vazifa - mijozni sotib olish vaqtida avtomobil bilan ta’minlash”, - dedi Salimov jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, savdo tizimini darhol qayta tashkil etib bo‘lmaydi, ammo bu yo‘nalishda ishlar boshlangan. Yaqinda GM Uzbekistan’da savdo va marketing tizimiga mas’ul rahbarlar almashdi, dedi Salimov.

“Albatta, bu qiyin vazifa va 2-3 oy ichida uni amalga oshirish juda mushkul. Savdo tizimi o‘nlab yillar davomida bor edi, ammo biz global amaliyotni albatta tatbiq etamiz”, - deya ta’kidlab o‘tdi u.

Salimov O‘zbekistonda diler faqat “zavod bilan mijoz o‘rtasida uzatish bo‘g‘ini” ekanini ta’kidladi. “Diler faqat shartnoma beradi va mijozni avtomobil bilan ta’minlaydi. Barcha yuridik va moliyaviy mas’uliyat zavodga yuklanadi. Agar jahon amaliyotiga nazar tashlasangiz, savdo tizimi juda boshqacha tarzda quriladi. Diler mashinani zavoddan sotib oladi, bu uning mulkiga aylanadi. U mashinani qancha tez sotsa, pul mablag‘lari aylanmasini shuncha tezroq ta’minlaydi. Bizda dilerimiz faqat shartnoma va avtomobilni beradi, shu bilan birga, o‘zining 3%lik ulushini oladi”, - deya aytib o‘tdi “O‘zavtosanoat” rahbari.

“Korrupsiyaga qarshi kurashni mantiqiy yakunga keltiramiz. Bu qandaydir nojoiz xayollarga ega ishchilar bilan bevosita kurashdir... ”, - deya xulosa qildi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Endi O‘zbekistonda avtomobillar “shapka” va navbatsiz beriladigan bo‘ladi