10:53 / 02.06.2018
9 524

GM Uzbekistan eksport qilinadigan mashinalar narxini oshirmoqchi

GM Uzbekistan eksport qilinadigan mashinalar narxini oshirmoqchi
GM Uzbekistan o‘z avtomashinalar narxlarini eksport bozorlarda ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. “O‘zavtosanoat” rahbari Umidjon Salimovga ko‘ra, hozirgi vaqtda kompaniya xorijiy bozorlar narxlarini o‘rganmoqda va bu ish bir oyga yaqin vaqtni olishi mumkin.

“Eksport narxlari oshishi aniq. Barcha eksport bozorlar uchun yagona narxlarimiz bor, shuning uchun Rossiya, Qozog‘iston va boshqa joylarda narxlar oshadi. Hozir bir qancha ssenariylar ko‘rib chiqilmoqda. Ya’ni narxlar 10 %, 15 %, 20 % va 25 % ko‘payishi mumkin”, — deb ta’kidladi “O‘zavtosanoat” rahbari.

Salimovning so‘zlariga qaraganda, hozirgi vaqtda mashinalar narxini oshirilishi kompaniyaning xorijiy bozorda raqobatbardoshligiga qanday ta’sir qilishi mumkinligi batafsil o‘rganib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan eng asosiy eksport bozorlari bu — Rossiya va Qozog‘iston hisoblanadi, ushbu davlatlarga avtomashinalar Ravon brendi ostida eksport qilinmoqda.

Yaqin yillarda kompaniya Qozog‘istonda “Allyur kompaniya guruhi” (Gruppoy kompaniy Allyur) orqali yetakchi o‘ringa chiqishni rejalashtirmoqda.

Bugungi kunda GM Uzbekistan tomonidan Asaka, Xorazm va Toshkentdagi zavodlarda Chevrolet va Ravon brendlarda 8 turdagi modellar (Spark (R2), Nexia (R3), Cobalt (R4), Lacetti (Gentra), Captiva, Malibu, Damas va Labo) ishlab chiqarilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan eksport qilinadigan mashinalar narxini oshirmoqchi