21:03 / 06.06.2018
5 774

Sergeli tumani hokimi: "Avtobozorni tumanda qoldirishni istardim"

Сергели тумани ҳокими: "Автобозорни туманда қолдиришни истардим"
Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov shu yerda joylashgan avtomobil bozorini Toshkent tashqarisiga ko‘chirishni istamasligini tan oldi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Oldinroq poytaxtdagi barcha yirik ulgurji bozorlarni shahar chetiga ko‘chirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan edi. «Sergeli» avtomobil bozori Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumaniga ko‘chirilishi rejalashtirilgan, ammo, hokimning matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, bu variant hozir ham ko‘rib chiqilmoqda.

«Bozor juda katta hududni egallaydi — 24 gektar. Buning uchun xuddi shunaqa hududni topish, obodonlashtirish, so‘ng tadbirkorlarimizni ko‘chirish lozim», — dedi u.

Nozim Husanov avtobozorni Sergeli tumanida qoldirib, uni boshqa yerga ko‘chirish niyatini bildirdi:

«Transport oqimiga xalaqit bermasligi uchun. Kichik halqa yo‘li bo‘ylab Toshkent viloyati bilan chegaradosh mana shunday hududlar bor».

Hokimning so‘zlariga qaraganda, avtobozor tuman byudjetiga yiliga 11 milliard so‘m keltiradi.

«Bu tushumni yo‘qotishni istamagan bo‘lardim. Hozir biz bozorni tumanda qoldirib, ayni paytda u aholiga xalaqit bermasligini ta’minlash borasida takliflarni o‘rganmoqdamiz», — ta’kidladi Nozim Husanov.

Sergeli tumani 5600 gektar yerni egallaydi, bu hududdagi 39 mahallada 207,1 ming kishi istiqomat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Sergeli tumani hokimi: "Avtobozorni tumanda qoldirishni istardim"