09:26 / 08.06.2018
13 749

Harbiy xizmatchilarga imtiyozli avtokredit beriladi

Harbiy xizmatchilarga imtiyozli avtokredit beriladi
Foto: Mudofaa vazirligi
«O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali orqali ma’lum qilindi.

Qarorga muvofiq, Mudofaa vazirligining jangovar qismlari va jangovar ta’minot bo‘linmalarining ofitserlariga hamda serjantlar va oddiy askarlar tarkibining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilariga har bir harbiy qismdan 10 nafargacha kishiga mamlakatda ishlab chiqarilgan byudjet avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi.

Kredit shartlari:

- muddati — 3 oylik imtiyozli davr bilan 10 yil;

- dastlabki badal-sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining 15 foizi;

- foiz stavkasi-kredit berilgan sanada yillik 7 foiz.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Harbiy xizmatchilarga imtiyozli avtokredit beriladi