O‘zbekiston Rossiyaning avtomobil va avtomatika ilmiy-tadqiqot instituti bilan o‘zbek avtobillarini Rossiya sovuq iqlimida sinovdan o‘tkazish borasida shartnoma imzolash niyatida. Bu haqda «Podrobno.uz»ga tayanib «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.
«Hozir rossiyalik hamkorlarimiz bilan birgalikda sinovdan o‘tkazish uchun muzokaralar olib boryapmiz. Xususan, avtomobil va avtomatika ilmiy-tadqiqot instituti tarkibidagi Dmitrov poligoni bilan ham. Biz «O‘zavtosanoat» innovatsiya markazini yaratdik va bu aynan rossiyaliklar bilan shartnoma imzolashda qo‘l keladi.
Gap nafaqat birgalikda sinov o‘tkazish haqida, balki yig‘ilgan avtolardan tashqari yangi mahsulotlarni ham test qilib ko‘rish haqida ketmoqda», – deb aytgan U.Salimov.
Uning aytishicha, yaqin kelajakda avtomobillardan tashqari O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi boshlanayotgan shinalar ham Rossiya sharoitida sinab ko‘riladi.
«Shinalar xavfsizlikning muhim elementi hisoblanadi. Shuning uchun ham ularni nafaqat issiqda, balki sovuq iqlim sharoitida ham sinab ko‘rishimiz lozim bo‘ladi», – dedi u.
Bugungi kunda «GM Uzbekistan» sinov uchun Pskent avtomobil poligonidan foydalanmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi