21:48 / 02.07.2018
8 016

Elektromobillar O‘zbekistonga bojsiz olib kiriladigan bo‘ldi

Elektromobillar O‘zbekistonga bojsiz olib kiriladigan bo‘ldi
Yangi yilning birinchi yanvaridan boshlab elektromobillarni O‘zbekistonga bojsiz olib kirish mumkin bo‘ladi, deb yozadi “Sof.uz”.

Bu haqida Shavkat Mirziyoyev imzolagan Tashqi iqtisodiy faoliyatni va bojxona-tarif tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» gi qarorining ilovasida aytilgan.

Yangi huquqiy hujjatda aytilishiga ko‘ra, 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistonga olib kelinayotgan 700 dan ortiq mahsulotlar uchun yangi boj stavkalari kamaytirilgan.

Xususan, faqat elektr quvvati bilan harakatlanadigan transport vositalari uchun, TN VED kodi 870380, boj stavkasi “0” miqdorida belgilangan.

Ayni damda amal qilayotgan bojxona tarifida ushbu kodga doir mahsulotlar uchun stavkalar keltirilmagan. Yangi bojxona stavkalarini muhokama qilish vaqtida elektromobillar uchun 10 foiz stavka qo‘yish taklif qilingan edi, lekin yakuniy hujjatda bu taklif inobatga olinmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Elektromobillar O‘zbekistonga bojsiz olib kiriladigan bo‘ldi