09:24 / 04.07.2018
8 247

Lamborghini Huracan rekord tezlikka erishdi (video)

Lamborghini Huracan rekord tezlikka erishdi (video)
Lamborghini Huracan superkari dreg-reysingda yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Mashina yarim millik (804 metr) masofada 259,67 mil/soat (417,9 km/soat) tezlikka erisha oldi. Ushbu rekord yurish videosi YouTube’da joylashtirildi.

Rekordni o‘rnatishda Underground Racing atelyesi tomonidan 3000 ot kuchigacha kuchaytirilgan mashinadan foydalanilgan. Mashina 10 silindrli dvigatel, 6 pog‘onali sekvental uzatmalar qutisi va to‘liq privodga ega. Rekord vaqtida poygachida uzatmalar qutisini 1-uzatmadan 2-uzatmaga o‘tkazishda muammo yuzaga kelgan. Agar bu muammo bo‘lmaganda superkar yanada yaxshiroq natija ko‘rsatishi mumkin edi.

Underground Racing firmasiga yarim mil masofaga yurish bo‘yicha deyarli hamma rekordlar tegishli. O‘tgan gal firma tomonidan kuchaytirilgan Gallardo 413 km/soat tezlikka erisha olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Lamborghini Huracan rekord tezlikka erishdi (video)