Ford Teslaning ustidan kuldi: kompaniya rahbari 7000 ta mashinani 4 soatda yig‘ishini ma’lum qildi

  • 8-07-2018, 11:29
  • 2 434
  • Avto
  • Ford Teslaning ustidan kuldi: kompaniya rahbari 7000 ta mashinani 4 soatda yig‘ishini ma’lum qildi
    Shu haftaning boshida Tesla kompaniyasi o‘zining ishlab chiqarayotgan elektrokaralari sonini keskin oshirgani haqida maqtangan edi. Xabarda kompaniya ishlab chiqarayotgan mashinalar soni haftasiga 5000 taga yetgani ma’lum qilingandi. Ushbu kompaniya rahbari, shaxsan Ilon Maskning o‘zi ikki modelni qo‘shib hisoblaganda, haftasiga 7 mingta mashina yig‘ilayotganini g‘ururlanib aytgandi. Endi esa, Teslaning ustidan Ford kulishni boshladi, chunki u, 5000 ta mashinani bundan ham qisqa muddatda yig‘a olishini ma’lum qildi.

    Ilon Maskning tvitter’da “7 kunda 7000 mashina”, deb joylagan xabariga Ford Europe bosh direktori Stiven Armstrong o‘zining tviti bilan javob qaytardi. Unda kompaniya “4 soatda 7000 mashina” ishlab chiqarishi haqida aytilgan.

    Mashina ishlab chiqarish sur’ati bo‘yicha Ford kompaniyasi raqibidan oldinda bo‘lishi mumkin, lekin ishlab chiqaruvchining bozor qiymati bo‘yicha Tesla undan qimmat ekan: Ford 43 mlrd dollar, Tesla 54 mlrd dollarga baholangan.

    Manba: Terabayt

    » » Ford Teslaning ustidan kuldi: kompaniya rahbari 7000 ta mashinani 4 soatda yig‘ishini ma’lum qildi