13:55 / 27.07.2018
6 099

Rossiyada Ravon avtomobillari narxi keskin qimmatlashdi

Rossiyada Ravon avtomobillari narxi keskin qimmatlashdi
Rossiya bozorida taklif etilayotgan Ravon’ning to‘rtta modelidan uchtasi qimmatlashdi, deb yozmoqda «Kun.uz».

GM Uzbekistan vakolatxonasi R2 hetchbeki va Nexia sedaniga narxni 50 ming rublga (taxminan 790 dollar), Gentra sedaniga - 20 ming rublga (taxminan 310 AQSh dollari) oshirdi. Yana bir model - R4 - hozircha avvalgi bahoda taklif qilinmoqda.

Avtomatik transmissiyaga ega eng arzon avtomashina sifatida baholanuvchi Ravon R2 hetchbeki endi kamida 489 ming rublga ($7,700) sotilmoqda. Mashina top darajadagi komplektatsiyada 559 ming rubl ($8,800) qiymatida baholanmoqda.

Nexia’ni 499 000 - 599 000 rublga (7,9 ming - 9,5 ming dollar), R4’ni 529 000 - 659 000 ming rublga (8,4 ming - 10,4 ming dollar), Gentra’ni esa 569 000 - 699 000 ming rublga (9 ming - 11 ming dollar) xarid qilish mumkin.

Mart oyida Rossiyada Ravon’ning barcha avtomobillar qatori uchun narxlar 10- 30 ming rublga ko‘tarilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyada Ravon avtomobillari narxi keskin qimmatlashdi