21:46 / 06.08.2018
5 673

O‘tgan oyda Rossiyada Ravon brendi ostidagi birorta avtomobil sotilmadi

O‘tgan oyda Rossiyada Ravon brendi ostidagi birorta avtomobil sotilmadi
Iyul oyida Rossiyada Ravon brendi ostidagi birorta avtomobil sotilmadi. Bundan Yevropa biznesi uyushmasi ma’lumotlari darak beryapti.

O‘tgan yilning iyul oyida kompaniya Rossiyada 1275 dona avtomobil sotishga muvaffaq bo‘lgandi, lekin bu yil Ravon avtomobillari may oyidayoq ko‘plab dilerlik markazlaridan g‘oyib bo‘ldi.

Aynan o‘sha oyda kompaniyaning sotuvi keskin pasayib ketdi - GM Uzbekistan faqatgina 508 ta mashinani sotdi, 2017 yil may oyida esa bu ko‘rsatkich 1219 ta edi.

Bundan tashqari, kompaniya iyun oyida bitta ham avtomobilni sotmagan.

May oyida taqchillikka sabab kamida ikkita ekani ma’lum bo‘ldi - Rossiya bozori uchun narxlarning qayta ko‘rib chiqilishi va kompaniya biznes modelidagi sezilarli o‘zgarish.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘tgan oyda Rossiyada Ravon brendi ostidagi birorta avtomobil sotilmadi