12:30 / 09.08.2018
9 516

GM Uzbekistan: Cobalt modelini yangilash loyihasi ishlab chiqilmoqda

GM Uzbekistan: Cobalt моделини янгилаш лойиҳаси ишлаб чиқилмоқда
GM Uzbekistan’ning Xalqaro press klub materialida xabar berishicha, ayni damda kompaniya tomonidan Cobalt modelini yangilash loyihasi ishlab chiqilmoqda.

GM Uzbekistan AJ doimiy ravishda yangi modellar ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish va yangilangan modellar asosida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini ko‘paytirib borish ishlarini amalga oshiradi, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, yangi mahsulotni joriy etish uchun batafsil o‘rganish va tegishli texnik-iqtisodiy asosni tayyorlash zarur. Bunday tadqiqotlar natijalari asosida tegishli davr uchun davlat va tarmoq investitsiya dasturlariga yangi investitsiya loyihalarini kiritish takliflari kiritilgan.

“Cobalt modelini yangilash loyihasi hozirda ishlab chiqilmoqda. Loyihani rejalashtirish muddatlari belgilangan tartibda tasdiqlanadi, chunki loyiha muddati o‘zgaradi”. - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan Tracker avtomobili qachondan sotuvga chiqarilishi haqida ma’lumot bergandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan: Cobalt modelini yangilash loyihasi ishlab chiqilmoqda