Gazoo Racing bo‘linmasi tomonidan seriyalab ishlab chiqarishga tayyorlanayotgan Toyota’ning ming ot kuchiga ega sportkari narxi «haqiqiy giperkarlarnikidek» bo‘ladi. Bu haqda Toyota vakili Orlando Rodriges Motoring nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Rodrigesning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil to‘laqonli giperkar bo‘ladi, shu sababli uning narxi ham shunga muvofiqdir. Ayni vaqtda, u mashinaning narxi million dollardan oshib ketishi mumkinligini ham istisno qilmadi.
Shu bilan birga, Toyota vakillari yangi giperkar aynan qayerda sotilishi haqida hozircha hech qanday axborotga ega emas. Umuman olganda, avtomobil haqida batafsil axborotning o‘zi yo‘q.
Avvalroq Gazoo Racing shunday mashinani seriyalab ishlab chiqarish rejasi borligini tasdiqlagan edi, xolos. Hozircha modelning faqat konsept varianti — GR Super Sport Concept ko‘rsatilgan. Avtomobil to‘liq karbon konstruksiyali va olti silindrli biturbo gibrid dvigatelli bo‘ladi, deb taxmin qilinmoqda.
Foto: «Motor»
Umid qilishlaricha, bunday mashina 2020 yildan boshlab chidamlilik bo‘yicha jahon chempionatlarida qatnasha oladi. Shuningdek, uning oddiy, shahar ko‘chalarida yurish uchun mo‘ljallangan versiyasi ham tayyorlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi