00:11 / 24.08.2018
5 294

Dunyoda eng koʻp sotiluvchi krossoverlar reytingi tuzildi

Dunyoda eng koʻp sotiluvchi krossoverlar reytingi tuzildi
“Avtostat” agentligi mutaxassislari dunyoda eng koʻp sotiluvchi krossoverlar reytingini tuzishdi.

Reytingning eng yuqori pogʻonasini Toyota RAV4 egallagan. Mutaxassislar buni jahon bozorlaridagi savdolarni tahlil qilib aniqlashdi. 2018 yilning yanvaridan iyunigacha ushbu modeldagi mashinadan 408,7 ming dona sotilgan.

2-oʻrinni Volkswagen Tiguan egallagan. Bu mashinadan 405,1 ming dona sotilgan. 3-oʻrinni esa joriy yilning 1-yarmida 337,8 ming dona sotilgan Honda CR-V krossoveri egallagan.

4-oʻringa 279,2 ming dona sotilgan Hyundai Tucson, 5-oʻringa 272,1 ming dona sotilgan Nissan Qashqai qoʻyilgan.

Yetakchi oʻntalikdan, shuningdek, Mazda CX-5, Nissan Rogue, KIA Sportage, Haval H6 va Chevrolet Equinox yoʻltanlamaslari oʻrin olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Dunyoda eng koʻp sotiluvchi krossoverlar reytingi tuzildi