10:58 / 26.08.2018
5 617

3 kun ichida avtomobillar oynasini qoraytirishga 45 ta ruxsat berildi

3 kun ichida avtomobillar oynasini qoraytirishga 45 ta ruxsat berildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 iyuldagi “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga koʻra, Toshkentda 23 avgustdan yengil avtotransport vositalari oynasini qoraytirishga ruxsatlar berila boshlandi. Oʻtgan 3 kun ichida bunday ruxsatni 30 nafar jismoniy va 15 nafar yuridik shaxs olgan.

Oynalarni qoraytirishga ruxsatlarni Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining quyidagi manzillar boʻyicha joylashgan diagnostika stansiyalarida olish mumkin:

1-diagnostik stansiya: Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, 118a. Telefon: 279-35-90, faks: 279-64-46. Avtobuslar: 32, 100, 105, 118.

2-diagnostik stansiya: Yunusobod tumani, O.Zokirova koʻchasi, 2a. Telefon: 212-88-69, faks: 223-25-30. Avtobuslar: 83, 96.

3-diagnostik stansiya: Mirobod tumani, Vodil koʻchasi, 54. Telefon: 283-21-03. Avtobuslar: 37, 81, 93.

Eslatma: tegishli ruxsat olmasdan oʻzboshimchalik bilan avtomobillar oynalarini qoraytirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 126-moddasiga koʻra javobgarlik koʻzda tutilgan.

126-modda. Koʻzgusimon va (yoki) tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish

Texnik reglamentga muvofiq boʻlmagan koʻzgusimon va (yoki) tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining oʻrnidan tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoʻshimcha narsalar oʻrnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 3 kun ichida avtomobillar oynasini qoraytirishga 45 ta ruxsat berildi