16:30 / 28.08.2018
7 656

“GM Uzbekistan” avtomobillari uchun elektron navbat qachon ishga tushiriladi?

“GM Uzbekistan” avtomobillari uchun elektron navbat qachon ishga tushiriladi?
“GM Uzbekistan” AJ avtomobil savdo tizimida shaffoflikni taʼminlash hamda mijozning ishonchini oshirish maqsadida kompaniya rasmiy saytida yangi boʻlim ishga tushganini maʼlum qildi.

Endilikda ushbu boʻlim orqali xaridorlar avval roʻyxatdan oʻtkazilgan arizalar (elektron navbat) boʻyicha shartnoma tuzish uchun taqdim etilayotgan avtomobillar roʻyxati bilan tanishib borishi mumkin.

Yangi boʻlimda bugun elektron navbat asosida shartnoma tuzish mumkin boʻlgan 12 mingdan ortiq barcha rusumdagi avtomobillar roʻyxati bilan tanishish mumkin. Avval roʻyxatdan oʻtgan arizalar boʻyicha shartnoma tuzish mumkin boʻlgan avtomobillar roʻyxati tegishli sananing soat 9:00 gacha amal qilib, kunlik asosda shartnomalar tuzilishiga qarab yangilanib boriladi.

Kompaniya taklif etayotgan mazkur xizmat xaridorga oʻz navbatining oʻzgarish jadalligini kuzatish imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “GM Uzbekistan” avtomobillari uchun elektron navbat qachon ishga tushiriladi?