22:25 / 29.08.2018
12 739

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet Tracker (ilk suratlar)

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet Tracker (ilk suratlar)
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan Xalqaro investitsion forum oʻz ishini davom ettirmoqda.

Uning doirasida “Jizzax sanoati mahsulotlari” koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtyapti, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Koʻrgazmada yangi Tracker avtomobili ham namoyish etildi. Taqdim etilgan maʼlumotga koʻra, Trackerʻda 4 qatorli benzinli dvigatel boʻladi. Ishlash hajmi - 1796 sm3. Avtomobil kuzovi uzunligi - 4255, kengligi - 1775, balandligi - 1650, gʻildirak bazasi - 2555 millimetrni tashkil etadi.



Avtomobilning maksimal tezligi soatiga 180 kilometrni tashkil etadi. Soatiga 100 kilometrga 10,9 soniyada chiqishi mumkin.

Yoqilgʻi sarfi: aralash - 100 kilometrga 7,1 litr, shahar - 9,3 litr, shahar tashqarisida - 5,8 litr. Yoqilgʻi baki hajmi - 53 l. Rul boshqaruvi gidravlik boʻlib, transmissiya turi - 5 MT, old.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq GM Uzbekistan Tracker avtomobili qachondan sotuvga chiqarilishi haqida maʼlumot bergandi.






arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet Tracker (ilk suratlar)