14:30 / 30.08.2018
5 098

“Oʻzavtosanoat”AJ : sunʼiy navbat va “defitsit”ni vujudga keltirish holatlari boʻyicha tekshiruv oʻtkazilmoqda

"Ўзавтосаноат"АЖ : сунъий навбат ва «дефицит»ни вужудга келтириш ҳолатлари бўйича текширув ўтказилмоқда
“Oʻzavtosanoat” AJ maʼlum qilishicha, 2018 yilning 24 dan 28 avgustga qadar “GM Uzbekistan” AJ tomonidan 12 437 ta shartnomalar rasmiylashtirildi va undan tashqari xaridorlar tomonidan 1333 tasi rad etildi (shundan, 385 tasi Damas, 430 tasi Neksiya va 100 tasi Malibu avtomobillari).

Shu bilan birga, koʻngilsiz holatlar, yaʼni avtomobilga boʻlgan “sunʼiy” navbatlarni va ular boʻyicha “defitsit”ni vujudga keltirish holatlari ham kuzatildi. Bu omillar boʻyicha kelgusida ularni kelib chiqishini bartaraf etish maqsadida tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Xaridorlar manfaatini koʻzlab navbatda turishning shaffofligini taʼminlash uchun kompaniya tomonidan avtomobillarga elektron ariza berish va shartnomani rasmiylashtirish tizimi qayta koʻrib chiqilmoqda. Yaqin kunlarda shu masalaga taʼluqli maʼlumotlar taqdim etiladi.

Dilerlik markazlarida noqonuniy ishlar sodir etilsa va xaridorlardan qoʻshimcha haq soʻrab zoʻravonlik qilinsa darhol (+99871) 141 77 77 telefon raqami orqali Call-sentrga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Bunda sizning murojaatingiz boʻyicha tezkor yechim topiladi. Barcha noqonuniy xatti-harakatlar alohida nazoratga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “Oʻzavtosanoat”AJ : sunʼiy navbat va “defitsit”ni vujudga keltirish holatlari boʻyicha tekshiruv oʻtkazilmoqda