00:12 / 03.09.2018
5 894

Mercedes mutlaqo yangi krossoverini namoyish qiladi (foto, video)

Mercedes mutlaqo yangi krossoverini namoyish qiladi (foto, video)
4 sentyabr kuni Stokgolmda yangi Mercedes-Benz krossoverining jahon premyerasi boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Nemislar Shvetsiya poytaxtida ikki yil avval debyuti oʻtgan Generation EQ konsepti taqdimotini oʻtkazishadi.

Shu haftada premium-brend EQC nomini olgan konveyer variantning bir necha tizer-videosini namoyish qilgan edi. Endi esa yana bir juft rolik paydo boʻldi - birida krossoverning old qismi toʻliq namoyon boʻlgan boʻlsa, boshqasida - uning interyeri.
Electric now has a Mercedes | Front Detail

Electric now has a Mercedes! On September 4th, we will present our first all-electric Mercedes-Benz model of our new EQ brand. Here’s a view of the front. #switchtoEQ More about EQ here: mb4.me/MercedesBenz_EQ

Опубликовано Mercedes-Benz Пятница, 31 августа 2018 г.

Mercedes-Benz EQC tashqi koʻrinishi jihatidan prototipidan farq qiladi. Elektrokrossning old qismida radiatorning xrom panjarasi paydo boʻldi, uning prototipida esa panjara “chizilgan” LEDʻlardan iborat edi. Orqa fonarlar ham boshqacha - ularning shakli oʻzgargan.

Foto: kolesa.ru
Avtomobil saloni esa Mercedesʻning soʻnggi modellari uslubida jihozlangan.

Krossover Daimler konserni elektrik modellari uchun maxsus ishlab chiqilgan yangi platformaga qurilgan. Generation EQ prototipi ikki elektrodvigatel va 70 kVt*s sigʻimli litiy-ion batareyalar bloki bilan taʼminlangan.

Foto: kolesa.ru

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Mercedes mutlaqo yangi krossoverini namoyish qiladi (foto, video)