22:43 / 03.09.2018
5 932

“GM Uzbekistan” ochiq savdodagi birinchi kun 40 ta avtomobil sotdi

“GM Uzbekistan” ochiq savdodagi birinchi kun 40 ta avtomobil sotdi
Foto: “GM Uzbekistan”
2 sentyabr kuni “GM Uzbekistan” uzoq kutilgan “Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalari” yangi aksiyasini yoʻlga qoʻygan edi.

“GM Uzbekistan” axborot xizmatining xabariga koʻra, Sergeli avtomobil bozoridagi avtosalonning ilk ish kunida jami 3 mlrd. 850 mln. soʻmlik 40 dona avtomobilga shartnoma tuzildi.

Odamlarning ijobiy fikrlarini inobatga olib, kompaniya ochiq osmon ostidagi avtosalonlarni doimiy ravishda butun respublika boʻylab tashkil qilish boʻyicha qaror qabul qilishdi.

Ayni jarayonda ochiq osmon ostidagi avtosalonlarda savdoga 1475 dona “Spark”, “Kobalt” va “Lasetti” rusumli avtomobillari qoʻyilgan. Xaridorlarning istak va takliflarini inobatga olib, avtomobillar soni oshirilishi hamda boshqa rusumdagi va turli komplektatsiya va rangdagi avtomobillar qoʻshilishi kutilyapti.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “GM Uzbekistan” ochiq savdodagi birinchi kun 40 ta avtomobil sotdi