08:30 / 06.09.2018
5 155

Toyota bir milliondan ortiq mashinasini nuqsoni sababli qaytarib oladi

Toyota bir milliondan ortiq mashinasini nuqsoni sababli qaytarib oladi
Toyota kompaniyasi butun dunyo boʻylab bir milliondan ortiq Prius va C-HR rusumli avtomobillarini yongʻin chiqish ehtimoli sababli qaytarib olmoqchi, deb yozadi Kun.uz xorij matbuotiga tayanib.

Kompaniya rahbariyati ushbu nuqson 2016-2018 yillarda ishlab chiqarilgan Prius, Prius Prime va C-HR rusumidagi avtomobillarda aniqlanganini bildirgan.

Avtomobillar butun dunyo boʻylab qaytarib olinadi. AQSHdan eng koʻp – 192 ming dona mashina qaytariladi. Qayd etilishicha, barcha mashinalar bepul taʼmirlab beriladi.

Toyota 2018 yilda oʻz avtomobillarini qaytarib olishi haqida birinchi marta eʼlon qilayotgani yoʻq. May oyida Rossiyadan 7,6 ming mashina, jumladan Lexus avtomobillari xavfsizlik yostiqchasidagi nuqson sababli qaytarib olingandi. Avgustda xuddi shu sabab bilan Rossiyadan yana 20 ming va Xitoydan 181,8 ming dona mashina qaytarib olinishi maʼlum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toyota bir milliondan ortiq mashinasini nuqsoni sababli qaytarib oladi