16:26 / 18.09.2018
6 861

GM Uzbekistan “Ochiq osmon ostidagi savdolar”da 2 kun ichida 100 dona avtomobil sotdi

GM Uzbekistan “Ochiq osmon ostidagi savdolar”da 2 kun ichida 100 dona avtomobil sotdi
GM Uzbekistan 15-16 sentyabr kunlari boʻlib oʻtgan “Ochiq osmon ostidagi savdolar”da respublika boʻylab 100 dona avtomobil sotilganligini maʼlum qildi.

Shulardan 38 dona “Cobalt”, 30 dona “Lacetti”, 28 dona “Spark” va 3 dona “Nexia” avtomobillaridir.

Savdo boʻyicha faollik Toshkent, Buxoro, Namangan, Qoʻqon hamda Fargʻona shaharlarida qayd etilgan.

Bundan tashqari, Toshkentdagi avtosalonlardan birida bir dona “Malibu” avtomobili ham sotildi. Eslatib oʻtamiz, “Ochiq osmon ostidagi savdolar”ga qoʻyilgan barcha avtomobillar “45 daqiqada avtomobil!” aksiyasi boʻyicha sotuvga qoʻyildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan “Ochiq osmon ostidagi savdolar”da 2 kun ichida 100 dona avtomobil sotdi