GM Uzbekistan kompaniyasi avtomobillarining yana ikkita modelini yetkazib berish muddatini qisqartirishga erishdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, endilikda “Cobalt” (4 poz. AT) avtomobilining yetkazish muddati 84 dan 40 kalendar kuniga (60 dan 25 ish kuni) hamda “Malibu Turbo”ni 125 dan 60 kalendar kuniga (90 dan 45 ish kuni) qisqardi.
Aytish joizki, ushbu yangi qisqargan muddatlar avtomobil yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalarda ham huquqiy jihatdan ham qayd etiladi.
Eslatib oʻtamiz, kompaniya xizmatlarni takomillashtirishda hamda boshqa modeldagi avtomobillarning yetkazib berish muddatlarini ham qisqartirishda davom etadi va bu haqda qoʻshimcha ravishda maʼlum qilib borilmoqda.
Kunlik tarzda yangilanib boradigan dilerlik korxonalari kesimida taqsimlanadigan avtomobillar roʻyxati quyidagi havolada taqdim etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi