Dunyodagi 90 foizga har xil plastmassa turlaridan yigʻilgan birinchi avtomobil Yaponiyada taqdim etildi.
NHK telekanalining xabar berishicha, innovatsion texnologiyalarni yaratish boʻyicha hukumat dasturi doirasida ishlab chiqilgan yangi konsept-kar Tokio universiteti olimlari hamda avtomobil ishlab chiqaruvchilari oʻrtasidagi hamkorlik natijasidir. Turli plastmassa turlaridan foydalanilgani sababli, avtomobil ogʻirligi odatdagidan koʻra 40 foizga yengilroq. Yengillik energiyani tejash imkonini beradi va elektr mobillarni rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochadi.
Mashinadagi eng asosiy narsa shundaki, hozirgi kunga qadar avtomobil sanoatida plastmassalardan foydalanish, ularning mustahkam emasligi tufayli imkonsiz, deb hisoblangan. Olimlar bu muammoni turli xil plastmassalar birikmalaridan foydalanib yechishga muvaffaq boʻlishdi. Bu muhim detallari va tarkibiy qismlari 90%ga plastmassadan iborat boʻlgan dunyodagi birinchi avtomobildir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi