17:30 / 29.09.2018
7 075

GM Uzbekistan zavodida deyarli butun rahbariyat ishdan boʻshatildi

GM Uzbekistan zavodida deyarli butun rahbariyat ishdan boʻshatildi
“Oʻzavtosanoat” AJ raisining Asakadagi GM Uzbekistan zavodiga amaliy tashrifi davomida jiddiy xatolar va ishlab chiqarishdagi qator xodimlarning ishida kamchiliklar aniqlandi, ular oʻz lavozimlarini uzoq vaqt davomida egallagan hamda faoliyati koʻp yillar davomida ishlab chiqarishda turgʻunlik va zararga sabab boʻlgan.

“Bu ishchilar boʻshatildi, ularning oʻrniga yosh va aniq maqsadli mutaxassislar tayinlandi, ular mahalliy avtomobil sanoatini rivojlantirishning yangi konsepsiyasini qoʻllab-quvvatlaydi, shuningdek, oʻzlaridan oldin ishlaganlarning xatolari ustida tegishli ishlarni amalga oshiradi”, - deya xabar berishgan “Oʻzavtosanoat” matbuot xizmatidan.

Yangi tayinlovlar:

1. Azimov Alisher Mirabbosovich - bosh direktorning umumiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari vazifasini bajaruvchisi;
2. Toʻxtaboyev Akramjon Hoshimjonovich - ishlab chiqarish boʻyicha boshqaruvchi direktor vazifasini bajaruvchi;
3. Akbarov Kozimjon Komiljonovich - kommunal xizmat koʻrsatish va kapital qurilish direksiyasi direktori vazifasini bajaruvchi;
4. Abdurahmonov Dilshodbek Avazovich - muhandislik mahsulotlari va taʼminotchilar sifati direksiyasi direktori vazifasini bajaruvchi;
5. Toʻraqulov Elyor Baxtiyorovich - global xaridlar boʻyicha boshqarma direktori vazifasini bajaruvchi;
6. Mamadaliyev Alisher Murodilovich - muhandislik mahsulotlari va taʼminotchilar sifati direksiyasi direktori oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi;
7. Mamajonov Anvarjon Mamajonovich - transport tashuvlari boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi;
8. Murodov Akmal Boyqobilovich - ishlar boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchi;
9. Shonazarov Shavkat Shuhratovich - presslash sexi boshligʻi vazifasini bajaruvchi;
10. Musayev Abdurahim Pataxovich - bosh direktorning maslahatchisi - markaziy yuklash maydonchasi rahbari vazifasini bajaruvchi.

2016 yilda zavodga rahbarlik qila boshlagan Rustam Rajabov hamon direktor vazifasini bajaruvchi boʻlib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan zavodida deyarli butun rahbariyat ishdan boʻshatildi