20:56 / 03.10.2018
5 743

GM Uzbekistanʻning Xorazmdagi filialida qator rahbar xodimlar ishdan olindi

GM Uzbekistanʻning Xorazmdagi filialida qator rahbar xodimlar ishdan olindi
“Oʻzavtosanoat” AJ GM Uzbekistanʻning Xorazm viloyati Pitnak shahrida joylashgan filialida oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida tizimli ravishda jiddiy kamchilik va xatolarga yoʻl qoʻygan filialning bir qator xodimlari oʻz lavozimidan ozod etilganligini maʼlum qildi.

Shuningdek ayrim xodimlar yangi lavozimlarga oʻtkazildi, boshqalari esa boʻsh ish oʻrinlariga tayinlandi. Muhim lavozimlarga esa oldiga qoʻyilgan yangi vazifalarni sidqidildan, sifatli va yuqori standartlar darajasida bajara oladigan kompaniyaning masʼuliyatli, intiluvchan xodimlari tayinlandi.

Yangi tayinlovlar:

- Nazarov Dilshodbek Saparbayevich - Xarid va mahalliylashtirish boʻlimi xarid seksiyasi boshligʻi;
- Xusainbekov Oʻtkirbek Rajabboyevich - transport xizmat koʻrsatish seksiyasi boshligʻi;
- Qurbonboyev Rasulbek Azatovich - Markaziy yuklash maydoni menejeri.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistanʻning Xorazmdagi filialida qator rahbar xodimlar ishdan olindi