Hemmings auksion uyi 1964 yilda ishlab chiqarilgan Volkswagen Beetle – “Qoʻngʻiz” mashinasini sotuvga qoʻydi. Mashina bir million dollarga baholangan. Mashinada bor-yoʻgʻi 35 km yoʻl yurilgan.
Qora rangli “Qoʻngʻiz”ni 54 yil avval AQSHning Portlend shahrida yashovchi avtomexanik Rudi Zvarich 1957 yilgi Volkswagen Beetle uchun ehtiyot qismlar sifatida qoʻllash maqsadida sotib olgan. Biroq bunga hojat boʻlmagan va avtomobil shuncha vaqtdan beri garajda turgan.
Taʼkidlanishicha, mashina aʼlo holatda boʻlib, barcha qismlari, masalan, oyna tozalagichlari, gʻildiraklari qopqoqlari, orqani koʻrish oynalari original boʻlib, oʻralgan holatda saqlanib qolgan.
Maʼlumot uchun, 1938 yildan 2003 yilgacha Volkswagen Beetleʻdan 21,5 mln dona ishlab chiqarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi