22:39 / 09.10.2018
13 684

GM Uzbekistan “Lacetti” avtomobili uchun imtiyozli kreditlarni eʼlon qildi

GM Uzbekistan "Lacetti" автомобили учун имтиёзли кредитларни эълон қилди
“GM Uzbekistan” kompaniyasi “Kapitalbank” bilan hamkorlikda “Lacetti” avtomobili uchun imtiyozli kreditlarni joriy qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda Lacetti SX M/T (1-poz.) avtomobiliga quyidagi shartlar asosida imtiyozli kredit rasmiylashtirish mumkin:
  • 10% oldindan toʻlov amalga oshirilganda — 5 yilgacha — 22% yillik;
  • 30% oldindan toʻlov amalga oshirilganda — 3 yilgacha — 20% yillik;
  • 50% oldindan toʻlov amalga oshirilganda — 2 yilgacha — 19% yillik;
  • 60% oldindan toʻlov amalga oshirilganda — 15 oygacha — 18% yillik.

Imtiyozli avtokredit uchun hozirda 1000 dona mazkur rusumdagi avtomobil jamlanmasi sotuvga chiqarilgan.

Tez orada kommaniya avtokredit rasmiylashtirish orqali xarid qilish mumkin boʻlgan “GM Uzbekistan” avtomobillari modellarini kengaytirishini maʼlum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan “Lacetti” avtomobili uchun imtiyozli kreditlarni eʼlon qildi