14:36 / 19.10.2018
5 978

GM Uzbekistan sinov tarzda 28 ta Tracker avtomobilini ishlab chiqardi

GM Uzbekistan sinov tarzda 28 ta Tracker avtomobilini ishlab chiqardi
GM Uzbekistan kompaniyasi GM Korea bilan hamkorlikda Toshkentda Tracker modelini yirik uzelli yigʻish ishlarini olib bormoqda. Bu haqda “Oʻzavtosanoat” matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kompakt krossoverni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, uskuna va butlovchi qismlarni yetkazib berish uchun GM Uzbekistan va GM Korea oʻrtasida bir qator shartnomalar imzolangan. Sinov ishlab chiqarish doirasida ayni damda 28 dona Tracker yigʻildi, deyiladi xabarda.

Trackerʻni ommaviy ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi sanasi, shuningdek, avtomobil narxlari haqida batafsil maʼlumot barcha ishlab chiqarish jarayoni yoʻlga qoʻyilgandan soʻng beriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan sinov tarzda 28 ta Tracker avtomobilini ishlab chiqardi