17:25 / 30.10.2018
5 982

"Eng ishonchli avtomobillar" reytingi tuzildi

"Eng ishonchli avtomobillar" reytingi tuzildi
Foto: «Consumer Reports»
Dunyodagi eng ishonchli avtomobillar — yaponlarniki. Dunyoning yetakchi avtomobil brendlari orasida tadqiqot o‘tkazgan AQShning «Consumer Reports» nashri shunday xulosaga keldi.

Ishonchlilik reytingida birinchi va ikkinchi qatorlarni «Lexus» va «Toyota» egalladi. Bu ikki kompaniya olti yildan beri yetakchilikni boshqalarga bermayapti. Bu rusumdagi mashinalar 100 ballik tizimda 78 va 76 ball to‘pladi. Uchinchi o‘rinda yana bir yapon mashinasi — «Mazda».

Keyingi o‘rinlarda — «Subaru», «Kia» hamda «Infiniti». Ekspertlar «Infiniti» tiklanganini, «Q50» sedani va «QX60» yo‘l tanlamasi o‘rta darajagacha yaxshilanganini ta’kidlashgan.

«TOP-10»ga, shuningdek, «Audi», «BMW» hamda «Hyundai» kirgan. Qolaversa, «Tesla», «Cadillac» va «Volvo» ham eng ishonchli avtomobillar reytingida.

Reytingni tuzishda 500 ming nafardan ortiq avtomobil egalarining fikrlari o‘rganildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » "Eng ishonchli avtomobillar" reytingi tuzildi