08:31 / 06.11.2018
4 067

"Subaru" tormoz tizimini tekshirish uchun 100 mingta avtomobilini qaytarib olmoqda

"Subaru" tormoz tizimini tekshirish uchun 100 mingta avtomobilini qaytarib olmoqda
"Yaponiyaning "Subaru" avtokonserni 100 mingta avtomobilini tormoz tizimini tekshirish maqsadida qaytarib oladi", – deya xabar beradi Turon24 AA.

Xabarda ma’lum qilinishicha, kompaniya mutaxassislarining befarqligi tufayli 100 mingta avtomobilning tormoz tizimi maxsus test sinovidan o‘tkazilmagan.

Yaponiya avtokonserni endilikda 2018 yilning yanvar oyidan oktyabr oyiga qadar 9 ta modelda ishlab chiqarilgan avtomobillarini qaytarib olmoqda. Taxminlarga ko‘ra konsern avtomobillarining tormoz tizimini tekshirish uchun 6,5 mlrd iyena (57 mln AQSh dollari) sarflaydi.

Shu bilan "Subaru" 2018 yilda qayta tekshiruvdan o‘tkazish maqsadida chaqirib oladigan avtomobillar soni 500 mingga yaqinlashadi.

Oldinroq "Subaru" Yaponiyaning boshqa ba’zi kompaniyalari bilan birga avtomobillarning yonilg‘i sarfini soxtalashtirish bo‘yicha mojaroga aralashib qolgandi.

Bundan tashqari joriy yilda konsern savdosida pasayish kuzatilgan. Shu sababdan konsernning bu yilgi daromadi 25 foiz tushishi va 167 mlrd iyenani (1,4 mlrd AQSh dollari) tashkil etishi taxmin qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » "Subaru" tormoz tizimini tekshirish uchun 100 mingta avtomobilini qaytarib olmoqda