22:24 / 07.11.2018
5 739

GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqiladigan yangi modellar yagona shassida bo‘ladi

GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqiladigan yangi modellar yagona shassida bo‘ladi
GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan yangi modellar, rusumi qanday bo‘lishidan qat’i nazar yagona platforma negizida barpo etiladi. «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Umidjon Salimov shu haqda ma’lum qildi.

U 2018 yilda Matiz, Orlando va Captiva avtomobillari konveyerdan olinganini ta’kidlab, Lacetti (Gentra) hamon ishlab chiqarilayotganini bildirdi.

“Lacetti ishlab chiqarish jarayoni saqlanib qoladi. Hozirgi kunda, biz Matiz, Orlando va Captiva modellarini ishlab chiqarishdan olganmiz. Chunki, bu masala hamkorimiz – GM kompaniyasining modellar chizig‘ini yangilash bilan bog‘liq. 2 oydan buyon 2019-2021 yillardagi modellar liniyasining konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. Ushbu ish yil oxirigacha yakunlanganidan so‘ng, kelgusida qanday modellar ishlab chiqarilishi aniq bo‘ladi.

Ta’kidlashim mumkinki, ularning barcha tubdan yangi mashinalar bo‘ladi. Ammo ular bitta – yagona platformada, turli kuzov va hakozolarda ishlab chiqiladi. Bu esa, avtomobil tannarxini pasaytirish va sifatini oshirishga olib keladi”, - dedi Umidjon Salimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqiladigan yangi modellar yagona shassida bo‘ladi