7 585
Shaxsiy avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritish taklif qilindi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida shaxsiy yengil avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida petitsiya paydo bo‘ldi.
Ma’lumki, shaxsiy avtomashinalar, uning egasi doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joydagi ichki ishlar organlarining tegishli bo‘limlari (DYHXX) tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ammo bu holat ayrim noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda, deyiladi murojaatda.
Jumladan, ba’zi fuqarolar kasb taqozosi yoki ish faoliyati sabab, mamlakatning turli hududlarida oylab, ba’zan yillab vaqtinchalik bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda ushbu fuqarolar shaxsiy avtoulovlarini navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun doimiy yashash joyiga borib kelishi zarur. Bu o‘z navbatida, birinchidan, ortiqcha sarson bo‘lish, ikkinchidan, doimiy yashash joyiga borib kelishi uchun xizmat yoki ish faoliyatidan vaqtincha ajralishiga olib keladi. Andijon yoki Toshkentdan Nukus yoki Xorazmga borib avtoulovni texnik ko‘rikdan o‘tkazib kelish uchun kamida 3 kun vaqt ketadi.
“Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston fuqarolarining avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, fuqaroning doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, yurtimizning barcha hududlarida amalga oshirishga ruxsat berilishini taklif qilaman”, - deb yozadi petitsiya muallifi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi