2018 yilning 28 noyabridan 1 dekabrigacha Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Oleg Pankratov boshchiligidagi delegatsiya Toshkentda amaliy tashrif bilan bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Tashrifning asosiy maqsadi ikki mamlakat prezidentlarining 2017 yilda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari doirasida Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida erishilgan hukumatlararo kelishuvlar bajarilishini muhokama qilish bo‘ldi.
Shuningdek, ishbilarmonlik aloqalarini ilgari surish masalalari ko‘tarildi, savdo, transport va sanoat sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar Qirg‘izistonda qishloq xo‘jaligi texnikasi, yengil avtomobillar va avtobuslarni yig‘ish bo‘yicha loyihani muhokama qilishdi. Shuningdek, respublika janubiy viloyatlarida mashina-texnika stansiyalarini yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqish hamda Bishkek uchun yo‘lovchi tashish bo‘yicha xizmatlar taqdim etishda davlat-xususiy sheriklik doirasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlarga erishildi.
Qirg‘iziston delegatsiyasi Made in Uzbekistan birinchi xalqaro ko‘rgazma-yarmarkaga tashrif buyurdi, u yerda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning keng turlari taqdim etildi.
Tashrif chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Toshkent shahar hokimligida ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, oliy darajadagi uchrashuv davomida ikki davlat rahbarlari tomonidan ikki tomonlama savdo aylanmasini 500 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!