23:46 / 04.12.2018
7 755

Haydovchi videokamerasiz YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega bo‘ladi

Haydovchi videokamerasiz YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega bo‘ladi
Foto: Toshkent IIBB
2019 yil 1 iyuldan boshlab yo‘l harakati qatnashchilari mobil videokamerasiz faoliyat olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega ekanligi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Hukumat qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom (VMQ-975, 01.12.2018 y.) tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq YPX xodimi xizmat vazifasini amalga oshirishda quyidagilarga majbur:
  • vazifalarini mobil videokameradan foydalanib olib borish va bu haqida yo‘l harakati qatnashchilariga ma’lum qilish (2019 yil 1 iyuldan);
  • yo‘l harakati qatnashchisi to‘xtatilganda uning oldiga borish, o‘zini tanishtirish, lavozimi, unvoni familiyasi haqida ma’lumot berish hamda ularga “Siz” deb murojaat qilish;
  • tibbiy yordamga muhtojlarni belgilangan joyga olib borishda fuqarolarga yordam ko‘rsatish;
  • haydovchini tezlikni oshirgani haqidagi maxsus moslamaning ko‘rsatkichlari bilan tanishtirish, talabiga ko‘ra moslamaning qiyoslash sertifikatini ko‘rsatish.

Yo‘l harakati qatnashchilari hujjatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega (2019 yil 1 iyuldan).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Haydovchi videokamerasiz YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega bo‘ladi