21:49 / 09.12.2018
5 796

Avtomobilda yoʻlovchi va yuk tashish elektron rasmiylashtiriladi

Avtomobilda yoʻlovchi va yuk tashish elektron rasmiylashtiriladi
Hukumat qarori bilan Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga koʻra 2019 yil 1 apreldan boshlab litsenziya va litsenziya kartochkalarini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etiladi.

Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra umuman faoliyat turiga yoki uning qismlariga beriladi.

Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi - Oʻzbekiston Respublikasida yoʻlovchi va yuklarni xalqaro tashishga oid, Agentlikning hududiy boshqarmalari esa shahar, shahar atrofi, shaharlararo yoʻlovchi va yuklarni tashishga oid litsenziya berish, uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolatiga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobilda yoʻlovchi va yuk tashish elektron rasmiylashtiriladi