12:25 / 14.12.2018
4 548

O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 41,1 foizga oshdi

O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 41,1 foizga oshdi
O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-noyabr oylarida 174,5 mingta avtomobil ishlab chiqarildi. O‘tgan yilning shu davrida ushbu ko‘rsatkich 123,7 ming dona edi. O‘sish 41,1 foizni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda avtomobil ishlab chiqarish hajmlari ko‘paymoqda.

O‘z navbatida hisobot davrida yuk mashinalari ishlab chiqarish ham 7,2 foiz(3785 ta) o‘sgan.

Avtobus ishlab chiqarish esa, aksincha, tushishda davom etyapti. O‘tgan 11 oyda 733 dona avtobus yetkazib berilgan bo‘lsa, 2017 yilning shu davrida bu miqdor 915 tani tashkil etgandi.

Traktorlar ishlab chiqarish hajmi ham keskin oshgan — 760 tadan 2976 tagacha. Qariyb 4 barobar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 41,1 foizga oshdi