00:24 / 15.12.2018
4 871

Sentyabr oyidan buyon davlat byudjetiga tonirovkadan qancha pul kelib tushgan?

Sentyabr oyidan buyon davlat byudjetiga tonirovkadan qancha pul kelib tushgan?
Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuhammedov tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid statistik ma’lumot taqdim etildi.

Majlisda qatnashgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari o‘z hisobotida yil avvalining eng shov-shuvli qarorlaridan biri bo‘lgan — avtomobil oynalarini ma’lum summa evaziga qoraytirish huquqi, shuningdek, onlayn auksionda sotilgan chiroyli va «chiroysiz» raqamlar ortidan kelgan tushumlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra 2018 yilning 1 sentyabridan boshlab avtomobillar oynasini qoraytirish (tonirovka) xizmatlarini taqdim etish orqali davlat byudjetiga 6,9 mlrd so‘m kelib tushgan va tushumning 10 foizi ichki ishlar organlari xodimlarini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan.

Davron Nazarmuhammedov o‘z nutqida onlayn auksionlarda 18.718 ta davlat avtotransport raqami 95,466 mlrd so‘mga sotilganini ham aytib o‘tdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Sentyabr oyidan buyon davlat byudjetiga tonirovkadan qancha pul kelib tushgan?