00:38 / 16.12.2018
5 030

Jahondagi “eng ishonchli avtomobil”lar reytingi eʼlon qilindi

Jahondagi “eng ishonchli avtomobil”lar reytingi eʼlon qilindi
Toyota konserni avtomobillari jahondagi eng ishonchli mashinalar reytingida yetakchi boʻldi. Amerikaning CarMD kompaniyasi bu boradagi roʻyxatini eʼlon qildi.

Mutaxassislar keyingi 22 yil davomida ishlab chiqarilgan 5,6 million dona avtomobilga oid maʼlumotlarni tahlil qilib chiqishdi va har bir rusumdagi transport vositasining dvigateli ishdan chiqishi sonini hisoblab chiqishdi. Toyota konserni motorlari bu borada eng yaxshi natijani koʻrsatdi va eng “chidamli” ekani maʼlum boʻldi.

Ikkinchi oʻrinni Acura, uchinchi oʻrinni Hyundai avtomobillari egalladi.

Yuqori beshlikka shuningdek, Honda va Mitsubishi avtomobillari kira oldi. Keyingi oʻrinlarda Subaru, Buick, Mercedes-Benz, Lexus va Nissan avtomobillari joylashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Jahondagi “eng ishonchli avtomobil”lar reytingi eʼlon qilindi