06:00 / 19.12.2018
5 209

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun onlayn murojaat qilish mumkin

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun onlayn murojaat qilish mumkin
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish mumkin bo‘lgan xizmat ishga tushirildi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari 2021 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Haydovchilik guvohnomalarini almashtirish bo‘yicha xizmat respublikaning quyidagi hududlaridagi Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatiladi:

Toshkent shahri (Mirobod, Chilonzor, Olmazor, Yunusobod, Mirzo-Ulug‘bek, Uchtepa, Shayxontohur, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlari Davlat xizmatlari markazlari);
Toshkent viloyati (Chirchiq shahri Davlat xizmatlari markazi);
Namangan viloyati (Namangan shahri Davlat xizmatlari markazi);
Samarqand viloyati (Samarqand shahri Davlat xizmatlari markazi);
Surxandaryo viloyati (Termiz shahri Davlat xizmatlari markazi);
Farg‘ona viloyati (Qo‘qon shahri Davlat xizmatlari markazi).
Buxoro viloyati (Buxoro shahri Davlat xizmatlari markazi).

Yagona portal orqali ariza yuborilgandan so‘ng Davlat xizmatlari markazlariga borib quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak:
  • pasport;
  • eski haydovchilik guvohnomasi va talon;
  • davlat boji (eng kam ish haqining 70% miqdorida) to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun onlayn murojaat qilish mumkin