14:30 / 07.01.2019
17 686

Amudaryo tumanida yashovchi fuqaro "antiqa" va "Yagona" avtomobil yaratdi (foto)

Amudaryo tumanida yashovchi fuqaro "antiqa" va "Yagona" avtomobil yaratdi (foto)
Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumani Mang‘it shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Alisher Yuldashev eski «Zaporojets» avtomobilining korpusi asosida yangi avtomobil yig‘ib chiqardi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

«Tiko»ning motorini, «Mazda»ning o‘rindig‘ini, «Malibu»ning ruli va orqa faralarini, «Kaptiva»ning old qoplamasi (oblitsovka)ni «Zaporojets»ning korpusiga o‘rnatib, antiqa avtomobil yaratgan ixtirochi-muallif unga «Yagona» deb nom qo‘ygan.

"Yoshligimdan avtomashina yig‘ishga qiziqaman va ancha vaqt shuni o‘zimga kasb qilib kelganman. Shuning orqasidan pul topib, ro‘zg‘or tebratganman. 90-yillarda Nukus shahrida talabalik paytimda uylarning oldida qantarilib yotgan avtomobillarni ko‘rib, uning egalari bilan gaplashib sotib olardim va ularga qayta ishlov berib sotardim. Hozirgacha davlat ishlaridan bo‘sh paytimda darhol avtomashina yig‘ishga kirishaman.

Antiqa avtomobil yaratish g‘oyasi bundan 4 yil avval paydo bo‘lgan. Bir kuni avtomobil yig‘ayotgan paytimda yonimga qizcham (u vaqtda 5-sinfda edi) kelib, menga xushomad qilib: «Dada, menga ham mashina olib bering. Faqat u mashina hech kimda yo‘q, yagona bo‘lsin» dedi. G‘oyani aslida qizim bergan. Natijada, mana ko‘rib turibsiz, «Yagona» «marka»li avtomobil dunyoga keldi. Xudo xohlasa, kelgusi yilda qizim maktabni tugatadi. Ushbu antiqa avtomobilni qizimga sovg‘a qilmoqchiman", - deydi A.Yuldashev.
«Yagona» avtomobili 3 yilda dunyoga kelgan. Alisher Yakubovning ta’kidlashicha, u mablag‘ topgan paytlari bozordan avtomobillarning ehtiyot qismlarini sotib olib yurgan. Mazkur avtomobil uchun 50 mln. so‘mdan ko‘proq mablag‘ xarajat qilgan.

Uning hovlisida yana «Moskvich 401» rusumli eski avtomashina ham bor ekan. Bu avtomashinani ham bir vaqtlari sotib olib, unga qayta ishlov bergan va ayni paytda motori yaxshi holatda ishlab turibdi.

Alisher Yakubov kelajakda shunday avtomobillardan muzey tashkil qilishni ham niyat qilmoqda.








arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Amudaryo tumanida yashovchi fuqaro "antiqa" va "Yagona" avtomobil yaratdi (foto)